Ekinofobiya




Ekinofobiya yoki hipofobiya  — bu otlarga nisbatan boʻladigan psixologik qoʻrquv turi. Ekinofobiya yunoncha phobos (phóbos) soʻzidan olingan boʻlib, "qoʻrquv " va lotincha equus „ot“ degan maʼnoni bildiruvchi soʻzlar qoʻshilmasidan kelib chiqqan. Gippofobiya atamasi yunoncha phóbos soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, yunoncha ot, ἵπos (híppos) soʻzidan olingan prefiksdir.

Fobiya misolini Freyd amalga oshirgan Kichkina Hansning psixoanalitik tadqiqotida koʻrish mumkin.

Alomatlar



Ekinofobiya bilan ogʻrigan odam ot haqida oʻylasa yoki jismonan otga yaqin boʻlsa, unda quyidagi alomatlar namoyon boʻlishi mumkin:

Ekinofobiyadan aziyat chekuvchilar, shuningdek, eshak va xachir kabi boshqa tuyoqli hayvonlardan ham qoʻrqish holatlari kuzatilgan.

Sabablari



Bolaligida otlar bilan boʻlgan salbiy tajribalar bu fobiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ekinofobiya otdan yiqilib tushishi bilan ham yuzaga keladi (Mashhur misol, Supermen roli bilan tanilgan aktyorChristopher Reeve otdan yiqilib, bo‘ynini sindirib oladi, natijada umrining oxirigacha bo‘ynidan pastki qismi falajlanadi). Mazkur fobiyaning dastlabki bosqichida koʻp holatlarida odamlar otlardan uzoqroq yurishni boshlaydilar va bu asta-sekin qoʻrquvdan jiddiy fobiya holigacha rivojlanadi.

Fobiya hayvonning oʻzidan oddiy qoʻrqishdan ham kelib chiqishi mumkin. Otning kattaligi va vazni hamda uning katta tishlari baʼzi odamlarni, ayniqsa bolalarni qoʻrqitishi koʻp kuzatiladi.

Ot va aygʻirlarning salbiy media tasvirlari odamning qoʻrquvini kuchaytirishi mumkin.

Davolash



Bu fobiyadan azob chekayotganlar uchun koʻplab davolash usullari mavjud. Kognitiv xulq-atvor terapiyasi maʼlum fobiyalardan aziyat chekadigan odamlar uchun davo shakllaridan biri hisoblanadi. Bu odamning qoʻrquvi va ularning mavjudligi sabablariga eʼtibor qaratadi. Terapiya qoʻrquv ortidagi fikrlash jarayonlarini oʻzgartirishga va ularga qarshi turishga oʻrgatadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ushbu metod ekinofobiya bilan ogʻrigan odamlarni davolashda samarali usullardan biri sifatida etirof etilgan.

Bemorni otlar odamlarga odatiy sharoitda tahdid solmasligiga va hatto odamlar otlarning qirilib ketishiga sababchi boʻlganiga ishontirish, fobiyadan halos boʻlishda yordam beradi. Paleolit davrida yovvoyi otlar odamlar uchun muhim oziq-ovqat manbai boʻlgan. Yevropaning koʻp qismlarida ot goʻshtini isteʼmol qilish 732-yilda papa tomonidan taqiqlaganligiga qaramay, Oʻrta asrlardan to hozirgi zamongacha davom etmoqda.

Mashhur jabrlanuvchilar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz