Eiza González
Eiza González (talaffuzi: Elsa Gonsales; 1990-yil 30-yanvar) — meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
Tarjimayi holi
Eiza González 1990-yil 30-yanvarda Mexiko shahrida tugʻilgan. Onasi sobiq meksikalik model Glenda Reyna. 12 yoshida Gonzálezning otasi Carlos González avtohalokatdan vafot etadi. Gonzálezning bitta akasi bor. 2003-yildan 2006-yilgacha González turli aktyorlik va teatr kurslarida taʼlim oladi.
González ikki tillarda taʼlim beruvchi xususiy ikkita maktablar — „Edron Academy“ va „American School Foundation“da oʻqigan. 2003-yildan 2004-yilgacha Eiza Patricia Reyes Spindola tomonidan boshqariladigan M&M studiyasida aktyorlik boʻyicha tahsil oldi. 14 yoshida González „Televisaʼs Centro de Educación Artística“ aktyorlik maktabiga qabul qilinadi, u yerda 2 yil oʻqiydi. 2008-yilda González New Yorkdagi Lee Strasberg aktyorlar studiyasida qatnashadi.
Faoliyati
González aktrisa sifatida ilk marotaba 2007-yilda Lola, érase una vez serialida suratga tushgan. 2008-yil oxirida aktrisa EMI Televisa bilan shartnoma imzolaydi, natijada González xonanda sifatida oʻzining „Contracorriente“ ilk musiqiy albomini dastlab Meksikada, keyin esa AQShda chiqarishga erishadi.
González Always (2007-2008), Avon (2008-2009), Neutrogena (2015) reklama roliklarida suratga tushgan. Aktrisa tez-tez Glamour va Cosmopolitan jurnallarining meksikacha versiyalarining muqovasida paydo boʻldi. 2008-yilda González TVyNovelas eng yaxshi ayollar kashfiyoti mukofotini oldi.
2010-yilda González bosh rolni oʻynagan Sueña conmigo myuziklli teleserialning premyerasi boʻlib oʻtdi. Serialning mashhurligi tufayli 2011-yilning mart va iyul oylarida serial aktyorlari bilan birga butun Argentina boʻylab konsertlar berishiga sabab boʻldi.
2012-yil 5-iyun kuni Gonzálezning ikkinchi musiqiy albomi „Te Acordarás de Mí“ raqamli formatdada chiqarildi. Albom Meksikaning Top 100 chartida 66-oʻrinni va AQShdagi Billboardning Lotin Amerikasi pop-albomlarida chartida 14-oʻrinni egalladi.
2014-yilda aktirsa ishtirok etgan Casi Trienta komediyasi dunyo ekranlarida namoyish etildi. 2014-yildan 2016-yilgacha González From Dusk till Dawn: The Series serialida, 2017-yilda esa Edgar Wrightning Baby Driver jangovar komediyasida rol oʻynaydi.
2018-yilda González ishtirokidagi Robert Zemeckisning Welcome to Marwen fantastik dramasining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. 2019-yilda González Paradise Hills fantastik melodramasida Amarna rolini oʻynadi. Bundan tashqari, oʻsha yili Alita: Jasur farishta filmi chiqadi, unda aktrisa Nissiana rolini oʻynadi.
2019-yildan 2020-yilgacha boʻlgan davrda aktrisani Hobbs & Shaw, Bloodshot va Firibgar ayol kabi yirik filmlarda ham koʻrish mumkin.
2021-yilda Godzilla Kongga qarshi fantastik jangari filmi chiqib, ushbu kinoda González bosh rollardan birini ijro etadi.
Shaxsiy hayoti
2011-yildan 2013-yilgacha González meksikalik tadbirkor Pepe Diaz bilan uchrashgan. González, shuningdek, aktyorlar Sebastyan Rulli, Liam Hemsworth va futbolchi Cristiano Ronaldo bilan munosabatlar oʻrnatgan, deyiladi. 2018-yilda aktyor Josh Duhamel bilan uchrashadi. 2020-yilning iyun-iyul oylarida González amerikalik aktyor Timothée Chalamet bilan uchrashgan.
Filmografiyasi
Film
Teleserial
Diskografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org