Eirik Bakke




Eirik Bakke (talaffuzi: Eyrik Bakke; 1977-yil 13-sentyabrda Sogndal shahrida tugʻilgan) — norvegiyalik nafaqadagi futbolchi. Nafaqaga chiqqanidan keyin Sogndal murabbiyi boʻldi. Oʻgʻli Johan Johanessen Bakke ham hozirda Molde FK jamoasida futbolchi.

Klublardagi faoliyati



Sogndal



Bakke Sogndal safida 99 ta oʻyin oʻtkazgan. Otasi Svein ham oldin ushbu jamoada oʻynagan.


Leeds United (1999—2006)



Bakkeni 1999-yilda Leeds United „Sogndal“dan 1,75 million funt sterlingga sotib olingan. 1999- va 2000-yillarda „Leeds“dagi faoliyatidagi jarohatlar va yomon sport formasi tufayli hatto 2004-yilgacha ham asosiy jamoada oʻynamagan edi.


SK Brann (2006—2010)



2006-yil 31-avgustda Bakke SK Brann bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Norvegiyaga qaytdi. Shartnoma Hardball tomonidan moliyalashtirildi. Baʼzi ommaviy axborot vositalari Bakke va Brann bilan jentelmenlik bitimi boʻlganini, agar kattaroq klub uni qoʻlga kiritmoqchi boʻlsa, Bakke Brannni tark etishi mumkinligi haqida daʼvo qilishdi. Ammo, Brann buni rad etdi. 

Bakke Brann safida 2006-yilning 11-sentyabrida Stabækga qarshi debyut qildi. 2007-yil 11-avgustda klubning azaliy raqibi Rosenborg BKga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi.

Bakke Brannga nafaqaga chiqishga yaqin qolganida Norvegiyada faoliyatini yakunlashini va yana bir yoki ikki mavsum oʻynashini vaʼda qildi. 2008-yilgi mavsum oldidan Bakke Brann sardoriga aylandi. 2008-yil 30-mayda Bakke Brann bilan shartnomasini 2010-yilgacha uzaytirdi, ammo agar klub Brann Stadioniga sunʼiy qoplama yotqizishga qaror qilsa, shartnomani qayta oʻzgartirishi ham mumkin edi.


Sogndal (2011—2012)



Bakke 2011-yilda Sogndal bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2012-yilning noyabrida professionl futbolni tark etdi.

Xalqaro faoliyati



1999-yil yanvar oyida Isroilga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Egil Østenstadga oʻrinbosar sifatida maydonga tushib Bakke Norvegiya terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. Umumiy 26 oʻyin oʻtkazdi va birorta ham gol urmadi. Terma jamoadagi oʻyini 2008-yilning mart oyida Chernogoriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda boʻlgandi.

Faoliyat statistikasi



2012-yil, dekabr

Murabbiylik statistikasi




Yutuqlari



Norvegiya



Brann

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz