Ewha ayollar universiteti




Koordinatalari: 37°33′45″N 126°56′42″E / 37.56250°N 126.94500°E / 37.56250; 126.94500 G O

Ewha ayollar universite ti – Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan xususiy ayollar tadqiqot universitetidir. U 1886-yil 31-may sanasida Ewha Haktang tomonidan asos solingan. U maxshur Harvard universiteti bilan hamkorlik qiladigan Janubiy Koreyadagi yagona oliy taʼlim muassasasidir.

Tarixi



Universitet tarixi Meri Skrantonning „Ehwa Haktang“ koreyscha: 이화학당 asariga borib taqaladi. 1886-yil 31-mayda bitta talaba bilan ochilgan qizlar uchun missionerlik maktabi „Nok guli“ degan maʼnoni anglatuvchi Ewha nomi bilan ataladi. Nok gulining tasviri maktab logotipiga ham kiritilgan.
Dastlab, universitet 1910-yilda kollej kurslarini,1925-yilda esa ayollar uchun kasbiy kurslarni taqdim qila boshladi. Hozirda 1958-yilda tashkil etilgan Ewha qizlar oʻrta maktabi deb nomlanuvchi maktab ham mavjud. Ikkala muassasa ham bir xil shiorga ega va logotiplarida „nok gullari“ tasviri mavjud.

1945-yil 15-avgustda Janubiy Koreya mustaqillikka erishganidan soʻng, kollej universitet maqomini olish uchun hukumat ruxsatini oldi. Bu rasman tashkil etilgan birinchi Janubiy Koreya universiteti edi.

Hamkorlik



Universitet 64 mamlakatdagi 830 ga yaqin universitetlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan, Avstraliya Milliy universiteti, Kornel universiteti,Gent universiteti,Harvard universiteti, Indiana universiteti, London qirollik kolleji,Mount Allison universiteti, Nanyang texnologik universiteti, Ogayo shtati universiteti,Pekin universiteti, Kuala-Lumpur universiteti, Kaliforniya universiteti, Santa Kruz, Britaniya-Kolumbiya universiteti, Edinburg universiteti, Gonkong universiteti, Janubiy Karolina universiteti, Vaseda universiteti va Kaliforniyadagi Mills kolleji bilan toʻgʻridan-toʻgʻri almashinuv dasturlari mavjud.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz