Egli Kaja




Egli Kaja (talaffuzi: Igli Kaja) (1997-yil 26-iyulda tugʻilgan) — albaniyalik professional futbolchi. Egli Kaja „Altrincham“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Kaja, shuningdek, Albaniya milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro miqyosda Albaniya sharafini himoya qiladi. Egli Kaja 2017-yil may oyida oʻzining birinchi xalqaro uchrashuvi uchun terma jamoa safiga chaqiruv oldi.

Klubdagi faoliyati



Kajaning futbolchilik karyerasi 2003-yilda „MHD“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlangan. Shundan keyin, u yerda Egli Kajaga „Middlesbrough“ futbol klubiga qoʻshilish imkoniyati taklif qilingan. Ketma-ket uch mavsumda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Kaja 2006-yilda Londonga koʻchib oʻtgandan soʻng „Kingstonian“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. U klub safida yana bir bor yoshlar tarkibidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va „Wimbledon AFC“ tarkibiga qoʻshilish uchun „Chelsea“ futbol klubi tomonidan berilgan shartnomani rad etgan. „Milan“ futbol klubida qisqa muddat sinovdan oʻtgandan soʻng, Egli Kaja keyinchalik stipendiya boʻyicha „Dons“ klubi safida maydonga tushdi.

Kaja 2015-yil aprel oyida „AFC Wimbledon“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 26-sentyabr shanba kuni jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Egli Kaja „Wimbledon“ futbol klubi uchun birinchi golini 2017-yilning 29-avgustida „Barnet“ futbol klubiga qarshi EFL Trophy bahsida kiritgan.

2016-yil 16-dekabrda Kaja 2016—2017-yilgi Isthmian ligasida „Lewes“ futbol klubiga bir oyga ijaraga berildi. Egli Kaja yangi klub safida 2016-yilning 31-dekabrida „Three Bridges“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:2 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi. Egli Kaja „Lewes“ klubi uchun oʻzining birinchi va yagona golini 2017-yilning 10-yanvarida „Herne Bay“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:4) kiritishga muvaffaq boʻldi.

2018-yil iyul oyida Kaja Shotlandiya Premer-ligasiga yangi qoʻshilgan jamoasi „Livingston“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

2019-yilning 2-sentyabrida Kaja 2020-yil yanvarigacha tekin transfer asosida „Northampton“ futbol klubiga qoʻshildi.

2021-yil 26-noyabrda Kaja qisqa muddatli shartnoma asosida „AFC Wimbledon“ futbol klubiga qaytdi.

2022-yil 5-avgustda, „AFC Wimbledon“ futbol klubidan ozod etilganidan soʻng, Kaja „Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshildi.

„Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshilganidan bir necha kun oʻtgach, Kaja „Altrincham“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida joʻnatildi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz