Egar tumshugʻli laylak




Egar tumshugʻli laylak (lotincha: Ephippiorhynchus senegalensis) — laylaklar oilasining eng yirik vakili, egar tumshugʻlilar (Ephippiorhynchus) jinsining ikki turidan biri.

Tavsif



Egar tumshugʻli laylak erkaklarining uzunligi 146 smga yetadi, vazni taxminan 6 kg ga yetadi va qanotlari 240 sm ga yetadi, urgʻochilarining kattaligi ancha kamtarroqdir. Qanotlarning, boʻyinning, boshning va dumning patlari qora-metall rangda, tananing qolgan qismi oq rangda. Egar tumshugʻli laylakning oʻziga xos xususiyati, koʻndalang qora chiziqli kuchli yorqin qizil tumshug'i va uning yuqori tepa qismida sariq egar shaklidagi teri shakllanishidir.

Tarqalish



Egar tumshugʻli laylaklar Oq va Koʻk Nilda juft boʻlib yashaydi, gʻarbiy va janubiy Afrikada tarqalgan. Daryolar qirgʻoqlarida, botqoqliklarda yashaydilar.

Oziqlanish



Ushbu turdagi oʻlik laylakning oshqozoni tekshirilganida, baliqlar, qurbaqalar, qoʻngʻizlarva chigirtkalar topilgan. Teodor Geyglin oʻlik goʻsht bilan oziqlanayotganda bitta laylakni otib oʻldirgan. Egar tumshugʻli laylaklar toʻyib ovqatlanishi uchun kamida bir kilogramm ovqat iste'mol qilishi kerak.

Fotosurat




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz