Egamqul Tasanbayev
Egemqul Tasanbayevich Tasanbayev (23-fevral 1917-yil, Qoratas tumani, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi — 2006-yil 18-avgust) Sovet Oʻzbekistoni davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1969-1970).
Tarjimai holi
1938-yilda Qozogʻiston Kommunistik jurnalistika institutini, 1956-yilda KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.
1985-yilda nafaqaga chiqqan.
SSSR Oliy Kengashining 8-chaqiriq deputati.
Mukofotlar va unvonlar
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 8-iyundagi 366-son Farmoni bilan „Sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarni keng qoʻllaganligi va yuqori hosil olish, paxta xomashyosi hosildorligi uchun“ E. T. Tasanboyev Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Ikki marta Lenin, Mehnat Qizil Bayroq, Oktabr inqilobi, Qizil Yulduz ordeni va medallar bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org