Efthymis Koulouris
Efthymis Koulouris (talaffuzi: Eftimis Koulouris; 1996-yil 6-martda Gretsiyada tugʻilgan) — yunon futbolchisi, „Toulouse“ futbol klubi va Gretsiya terma jamoasi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati
Koulouris „PAOK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 13-fevral kuni Gretsiya kubogi doirasida „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Efthymis asosiy tarkibda debyut qilgan. 16-fevral kuni „Asteras Tripolis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qilgan. 30-mart kuni „Kalloni“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Kourulis „PAOK“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
2015-yilning yozida Efthymis ijara asosida oʻynash uchun, Kiprning „Anorthosis“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 28-sentyabr kuni „Doxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kipr chempionatida debyut qilgan. 1-noyabr kuni „Pafos“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Kurulis „Anorthosis“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Ijara muddati tugagach, u „PAOK“ futbol klubiga qaytgan.
2017-yilda Kurulis klubga Gretsiya kubogini yutishda yordam bergan.
2021-yil 22 iyunda, u „Tuluza“ futbol klubi tomonidan transferga qaytgach, u ikki yillik shartnoma tuzib avvalgi klubi „Atromitos“ futbol klubiga qaytgan. 2021-yil 21-noyabr kuni „Atromitos“ raqibi „PAOK“ futbol klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Koulouris 45-daqiqada Xuan Munizning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada penaltidan gol urgan. Bu bahsda futbolchi oʻyinning eng yaxshi odami deb topilgan. 2021-yil 4-dekabrda u „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, klubning quyi ligaga tushib ketmaslik uchun urinishlarida muhim g‘alabaga erishgan. 2021-yil 10-fevralda u „Lamia“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dublga erishgan. 2022-yilning 28-fevralida „Apollon Smyrnis“ga qarshi safar oʻyinida yana dubl qayd etgan. Bir hafta oʻtgach, „Volos“ futbol klubiga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida boshi bilan gol urgan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilda Kurulis Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ukraina, Fransiya, Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org