Efter badet




Efter badet (shvedcha, „After the Bath“) — ohaktoshdan yasalgan va Stokgolmning Västertorp tumanida joylashgan jamoat haykali. U haykaltarosh Pye Engström tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u 1971-yil va 1976-yillar orasida besh yil davomida ishlagan. 1976-yildan beri u Västertorpshallen tashqarisida joylashgan boʻlib, munitsipalitetga qarashli jamoat haykali hisoblanadi. U skameyka sifatida qurilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar Engström tomonidan tasvirlangan yetti xil siyosiy arbobning quchogʻida oʻtirishlari mumkin. Chapdan oʻngga, ular Elise Ottesen-Jensen, Paulo Freire, Sara Lidman, Mao Zedong, Angela Devis, Georg Borgström va Pablo Nerudalar hisoblanadi.

Haykal soʻnggi yillarda koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. 2006-yilda Liberal Xalq partiyasidan mahalliy siyosatchi Martina Lind Stagolom munitsipaliteti Assambleyasiga haykalni ommaviy namoyishdan olib tashlashni taklif qilgan va „shaharda eng dahshatli ommaviy qotillardan birini nishonlamaslik kerak“ deb taʼkidlagan. Shuningdek, u Stagolomda Sovet Ittifoqi va Xitoy qurbonlariga bagʻishlangan yodgorliklar yaratishni soʻragan.

2010-yilda Madlen Sjöstedt — taniqli munitsipal siyosatchi, Liberal xalq partiyasiga mansub sahxs. Yana Efter badetiga eʼtibor qaratgan va uni olib tashlashni talab qilmagan boʻlsa-da, u mas’ul organlardan keyingi oʻrinlarda oʻrnatishni talab qilgan. Omma oldidagi chiqishida, „Mao va kommunizm tomonidan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar“ haqida maʼlumot beragan. Shvetsiya Sotsial-demokratik partiyasi muxolifat siyosatchisi Rojer Mogert haykal „muammo emas“ deb izohlagan. Haykaltarosh Pye Engström tasvirlangan shaxslarning tanlovini „1970-yillar edi“ deb tushuntirdi va keyinchalik haykalda tasvirlangan har bir kishi haqida maʼlumot bergan boʻlsa, shahar maʼmuriyatining izohlariga koʻra manbalar yetalicha emasligi tufayli maʼlumotlarda anglashilmovchiliklar yuzaga kelgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz