Efemeroidlar




Efemeroidlar — koʻp yillik oʻsimliklar guruhi. Yillik vegetatsiya davri qisqa. Yer ostki organlari (tuganagi, piyozboshi) bir necha yil, yer ustki organlari bir necha hafta yashaydi. E. bahorda gullab, meva qiladi, urugʻlari pishib toʻkiladi, tuganaklari, piyozboshlari yoki ildizpoyasi yer ostida saqlanib, yer ustki qismlari quriydi.

E. urugʻlari orqali va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Ular yer osti organlariga qarab tuganaklilar (burmaqora, it kuchala va boshqalar), piyozboshlilar (lola, boychechak) va ildizpoyalilar (rang, ilaq)ga ajratiladi. E. — qorakoʻl qoʻylarining asosiy ozigʻi. E. orasida gullaydigan oʻtlar (lola, zaʼfar, gulsapsar), dorivor giyohlar (piyozlar) va zaharli koʻkatlar (kuchalalar) bor. E.ni ikki guruh (qurgʻoqchil hududlar E.i va oʻrmonli hududlar E.i)ga ajratiladi.


uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz