Efemerlar




Efemerlar (yun.— bir kunlik) — choʻl, chala choʻl va adirlarda oʻsadigan bir yillik oʻsimliklar. Vegetatsiya davri qisqa. Asosan, bahor va kuzda, tuproq nam vaqtlarida oʻsadi. Tipik, yaʼni bahorgi E. va kuzgi E.ga ajratiladi.

Oʻrta Osiyoning choʻl, ayniqsa, adirlarida koʻp uchraydi. Qish iliq kelgan yillari E. juda tez rivojlanadi. Erta bahorning sernam, iliq kunlari boshlangach, E. tez rivojlanib, bir necha haftada gullab, urugʻlari pishib yetilgach quriydi.

E. orasida yaltirbosh, taroqbosh, arpaxon, noʻxatak, sariq yoʻngʻichqa kabi ozuqabop; jagʻjagʻ kabi dorivor, uchma kabi zaharli turlari bor.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz