Efemerida




Efemerida (yun.) — astronomik kundalik jadval. E.da Quyosh, Oy, katta sayyoralar, ularning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar va boshqalarning maʼlum yil, kun va soatlar uchun oldindan hisoblangan koʻrinma koordinatalari va boshqalar maʼlumotlar beriladi. E. maʼlumotlari astronomiyada qabul qilingan maxsus efemerid vaqti asosida hisoblab topiladi. Osmon jismlarining E.larini bilish ularni oldindan yilning qaysi vaqtida kuzatish qulayligini aniqlash va kuzatish dasturlarini tuzishda katta ahamiyatga ega. Kuzatishlar va tekshirishlar oʻtkazilgach, olingan maʼlumotlar dunyo vaqtida eʼlon qilinadi, keyingi E.larga tuzatishlar kiritiladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz