Eesha Rebba




Eesha Rebba (1990-yil 19-aprelda tugʻilgan) hind aktrisasi boʻlib, asosan telugu filmlarida rol ijro etadi. U Anthaka Mundu Aa Tarvatha (2013), Bandipotu (2015), Oyee (2016), Ami Thumi (2017), Darsakudu (2017) va Awe (2018) kabi filmlaridagi roli bilan tanilgan.

Yoshligi va faoliyati



Eesha Rebba Varangalda telugu tilida soʻzlashuvchi oilada tugʻilgan va Haydarobodda tarbiyalangan. U MBAda aspiranturani tamomlagan. Rebba kollejda oʻqiyotgan paytida model boʻlib ishlab yurgan, shundan soʻng u rejissor Mohan Krishna Indraganti tomonidan suhbatga qoʻngʻiroq qilib chaqirilgan.

Eesha Rebba yoshligida sport, musiqa, raqsga qiziqqan va bir nechta musobaqalarda, jumladan; sport sohasida maktab va kollejda oʻqib yurganida qatnashgan va yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

Rebba 2012-yilda Life is beautiful filmi bilan debyut qilgan. Keyin u birinchi marta Anthaka Mundu Aa Tarvatha filmida bosh rolni ijro etgan. Film kassada muvaffaqiyat qozongan va Janubiy Afrikadagi Xalqaro hind filmlari festivalida eng yaxshi film nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.

Uning Ami Thumi romantik-komediya filmidagi chiqishi koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻldi va bu film unga ikkita mukofot olib keldi. Rebba Awe (2018) filmida lezbiyan ayol obrazini oʻynagan. Tanqidchilar uning filmdagi rolini yuqori baholaganlar. Keyinchalik, oʻsha yili u Brand Babu, Aravinda Sametha Veera Raghava, Subrahmanyapuram va Savyasachi kabi toʻrtta boshqa filmlarda rol oʻynaydi. U 2021-yilda Ottu filmi bilan Malayalam kinosidagi debyutini qilgan. U filmdagi roli uchun kamondan otish va kikboksingni o‘rgangan.

Filmografiyasi




Filmlarda




Onlayn-seriya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz