Edvard Genri




Edward Henry  — 1850-yili Shedvellda, Londonning sharqiy qismida tavallud topgan. U shifokorning oʻgʻli edi. 1873-yilda Hindistonga kelgan va Hindiston fuqarolik maʼmuriyatiga ishga kirgan. 1891-yildan boshlab Bengaliya politsiyasi bosh inspektori lavozimini egallagan.

Kalkuttada yuqori lavozimni egallagan Henry bertilonaj tizimini politsiya faoliyatining bir qismiga aylantirdi.

Mahbusning kartasiga barmoq izlari ham qoʻyilgan, ammo oʻsha vaqtda izlar oʻziga xos belgi boʻlgan xolos. Bertilonaj tizimi yaxshi ish bergan. 1893-yilda Bengaliyada identifikatsiya usuli bilan qoʻlga olingan 23 nafar odamning avval ham sudlangani aniqlangan, 1894-yilda bu koʻrsatkich 143 ta, 1895-yilda 207 tani tashkil qilgan.

Bu vaqtda Kalkuttadagi kartalar soni 100 000 taga yetgandi. Shu bilan birga oʻlchov olish jarayonidagi xatolar natijasida kartotekaning bunday hajmi bilan har bir boʻlimidagi kartalar soni ham koʻpayib ketgani maʼlum boʻldi, bitta kartani izlab topish uchun 1 soatdan koʻproq vaqt ketardi. Jarayon davomida xatolarga yoʻl qoʻyilishi, karta topilmay qolishi ham mumkin edi.

1893-yilda Henryning qoʻliga bundan bir yil avval chop etilgan Galton qalamiga mansub „Barmoqlar izi“ kitobi kelib tushdi. 1894-yilda taʼtil uchun Londonga yoʻl olgan Henry Galtonni va uning Saut-Kensingtondagi laboratoriyasini koʻrishga keldi. Yoshi 70 dan oshib qolgan Galton oʻz tadqiqotlarining barchasi haqida Henryga gapirib berdi. Kalkuttaga qaytgan Henry bu yerda papillyar chiziqlarga oid tadqiqotlarini davom ettirdi. Kartotekali daktiloskopik roʻyxatga olish tizimini yaratishda papillyar chiziqlar tuzilishidan foydalanishga oid optimal yechimni aynan u topdi. U taklif etgan daktiloskopik formula kartoteka boʻlimlariga daktilokartalarni joylashtirib chiqishni nazarda tutardi. Henry keyinroq „Barmoq izlari tasnifi va ularning qoʻllanilishi“ nomli kitob yozdi.

1900-yilning 5-dekabr kuni Henry 1893-yilda Angliya ichki ishlar vazirligi qoshida tashkil qilingan Identifikatsiya muammolari boʻyicha komissiya qarshisida hisob taqdim etdi. Henryning chiqishi shov-shuvlarga sabab boʻldi. Frensis Galton uning tizimini masalaning amaliy yechimi sifatida tan oldi.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz