Edvard C .Stoun
Edvard Kerrol Stoun (23 yil 1936 yanvarda tug'ilgan) amerikalik kosmik olim, Kaliforniya texnologiya instituti fizika professorii va NASA Jet Propulsion laboratoriyasining (JPL) sobiq direktori.
Biografiya
Stoun Ayova shtatining Noksvil shahrida tug'ilgan. Ayova shtatidagi Burlington Junior kollejida bakalavriat ta'limini olgandan so'ng, Stoun Chikago universitetiga o'qishga kirdi va u erda fizika bo'yicha magistrlik va doktorlik darajasini qo'lga kiritdi. Stounning astrofizika karyerasi 1961 yilda Diskoverer sun'iy yo'ldoshlarida o'tkazgan birinchi kosmik nurlari tajribalariga borib taqaladi. Keyin u Kaltek xodimlariga tadqiqotchi sifatida qo'shildi va 1967 yildan boshlab o'qituvchi bo'lib ishladi.
1976 yilda u fizika fani professori bo'lishga erishdi va 1983 yildan 1988 yilgacha fizika, matematika va astronomiya kafedrasi mudiri bo'ldi. U, shuningdek, Kaltek kosmik radiatsiya laboratoriyasi direktori va Astronomik ob'ektlar bo'yicha vitse-prezident sifatida ishlagan. Hozirda u Morrisro fizika professori va Thirty_meter_telescope (30 metrli teleskop) direktorlar kengashi raisining o'rinbosari.
1972-yildan u Voyajer kosmik kemalari missiyalari bo‘yicha loyiha olimi sifatida va 1980-yillarda Voyajer ilmiy jamoasining asosiy vakili sifatida jamoatchilikka yaxshi tanilgan edi. Olim faoliyati davomida, NASA ning to'qqizta kosmik kemasi missiyalarida bosh tadqiqotchi bo'lib ishlagan.
U Voyajer 1 va 2 kosmik kemalarida kosmik nurlarni o'lchash bo'yicha Kosmik nurlar tizimining asosiy tadqiqotchisi bo'lgan. U, shuningdek, 2017 yilda Voyajer dasturi bo'yicha "The Farthest " (Eng Olis) hujjatli filmida qatnashadi. Stoun 50 yil faoliyat yuritib , 2022 yilda Voyajer missiyalari loyihasi bo'yicha olim maqomi bilan nafaqaga chiqdi.
uz.wikipedia.org