Eduardo Saverin




Eduardo Saverin — (inglizcha: Eduardo Saverin; 1982-yil 5-martda Braziliyadagi San-Paulu shaharchasida tugʻilgan). U Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biridir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u 2011-yil 4-yanvar hisobi boʻyicha kompaniyaning aksiyalaridan 4 % ulushga ega. Hozirgi vaqtda Singapur shahrida istiqomat qilmoqda, fuqaroligi esa Braziliyada.

Biografiyasi



Eduardo Saverin San-Pauluda (Braziliya) yahudiylar oilasida tugʻilib, Mayyamida (Florida) ulgʻaydi. Oʻrta taʼlimni Mayyamidagi Gulliver maktabida oldi va Garvard universitetida oʻqishini davom ettirdi. U 2006-yili unversitetni Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bitirdi.

Eduardo Mark Zuckerberg bilan birinchi bosqich talabasi boʻlgan paytda tanishdi. Ikkinchi bosqichda ular oʻzlarining ilk namunalarini yani — The Facebookni yaratdilar.
2004-yili Eduardo Nyu-Yorkga amaliyot oʻtashga ketadi. Mark esa oʻzining ishlari bilan qoladi. Bu orada Zuckerberg Sean Parker va Peter Thiel bilan tanishadi, ular Facebookka oʻz investiyalarini kiritishadi.

2013-yilning 10-martida Eduardo Saverin Forbes jurnalining "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatda u 2.2 milliard dollar sarmoya bilan 5-oʻrinni egallaydi.

Hayoti tasvirlarda



2010-yilda yaratilgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida Saverinning Mark Zuckerberg bilan aloqalaridan tortib, to Saverin va Tsukerberg raqobatigacha tasvirlangan. Saverin rolini aktyor Andrew Harfield ijro etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz