Eduardo Herrera
Eduardo Herrera Aguirre (talaffuzi: Eduardo Errera) (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
UNAM
Herrera 2011-yilning 24-iyulida Pumas UNAM tarkibida San Luisga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Herrera 2014 va 2016-yillar oraligʻida muvaffaqiyatli davrni oʻtkazgan va birinchi mavsumda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2015\2016*yilgi mavsum uning eng sermahsul mavsumi boʻlib, 37 oʻyinda 15 ta gol urgan va Pumas bilan 2015-yilgi Aperturada ikkinchi oʻrinda yakunlagan. Herrera 2013\2014-yilgi mavsumda ham „Santos-Laguna“da ijarada oʻynagan va 21 oʻyinda 5 bora gol urgan. U 2017-yilning boshini u Veracruzda ijarada oʻtkazgan, 13 oʻyinning 12 tasida maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Rangers
U 4-iyul kuni „Rangers“ning Yevropa ligasi saralash bosqichida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan. Herrera uchrashuvning 77-daqiqasida Jordan Rossiterning oʻrniga maydonga tushgan. U „Rangers“ uchun birinchi golini 27-avgust kuni Ross Countyda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda kiritgan.
Santos Laguna (ijara)
Herrera Meksikaning „Santos Laguna“ klubiga 2018\2019-yilgi mavsumda ijara asosida oʻtgan.
Club Necaxa (ijara)
2019-yilning 8-yanvarida Herrera 2018\2019-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Necaxa klubiga ijara asosida oʻtgan. U Necaxa uchun birinchi golini 15-yanvar kuni America klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Ijara 2019-yil 15-iyulda yilning yakuniga qadar uzaytirilgan.
Puebla
2020-yil 29-yanvarda Herrera Puebla klubiga doimiy ravishda qoʻshilgan.
Isteʼfo
2022-yil 22-may kuni Herrera professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilning mart oyida Herrera Meksika terma jamoasiga chaqiruv olgan. 31-mart kuni herrera Paragvayga qarshi oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi ilk golini kiritgan. U terma jamoadagi faoliyatida 9 marta maydonga tushib, jami 3 marta gol urgan holda faoliyatini yakunlagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
UNAM Manbalar
uz.wikipedia.org