Eduardo Camavinga




Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilgan, Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.

Yoshligi



Camavinga 2002-yilda Angolaning Kabinda shahridagi qochqinlar lagerida kongolik er-xotindan dunyoga kelgan. Uning beshta ukasi bor. Ikki yoshida oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Ular Fujerga koʻchib oʻtishadi, Camavinga shu yerda voyaga yetadi. U bir muddat dzyudo bilan shugʻullangan, keyinchalik faqat futbolga eʼtibor qaratish uchun mashgʻulotlarni tark etgan. 2013-yilda Kamavingalarning uyi yonib, oilaning koʻp mol-mulki vayron boʻlgan; Eduardoning taʼkidlashicha, bu uni futboldagi karyerasini davom ettirishga undagan motivatsiya manbayi boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati



Renn



Camavinga 11 yoshida Rennning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2018-yilning 14-dekabrida, 16 yosh-u bir oyligida imzoladi va klubning eng yosh futbolchisiga aylandi. 2019-yilning 6-aprelida Liga 1 doirasida „Anje“ga qarshi 3-3 hisobida yakunlanga oʻyinda „Renn“ safida debyut qildi va 16 yos-hu 6 oyligida „Renn“ning asosiy jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

2019-yil 18-avgust kuni Kamavinga Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U „Renn“ safidagi ilk golini 2019-yilning 15-dekabrida, „Lion“ga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida (1:0) kiritdi.

2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Renn“ safida „Krasnodar“, "Chelsi" va „Sevilya“ga qarshi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.

Real Madrid



2021-yilning 31-avgust kuni "Real Madrid" Kamavinga bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yil 12-sentabrda Vigoning „Selta“ klubi ustidan yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va zaxiradan maydonga tushganidan koʻp oʻtmay gol urdi. Uch kundan soʻng, 2021-yil 15-sentabrda u „Real Madrid“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini oʻtkazdi, 80-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi va „Inter“ga qarshi oʻyindagi gʻalaba golida Rodrigoga assistentlik qildi. Kamavinga 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va „Real Madrid“ safida"Liverpul " ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maydondagi faoliyat



2019-yil 5-noyabrda Kamavinga Fransiya fuqaroligini oldi. Olti kun oʻtib, Matt32eo Guendouzi kattalar jamoasiga chaqirilgandan soʻng, u Gruziya va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda Fransiyaning U21 terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun chaqirildi.

2020-yilning 27-avgustida Pol Pogba COVID-19 testi bilan safdan chiqqanidan keyin Kamavinga Fransiyaning milliy terma jamoasiga chaqiridi. Natijada Rene Jerarddan (1932-yil, 17 yosh) keyin Fransiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylandi, oʻshanda endigina 17 yosh, 9 oy va 17 kunlik edi. 8-sentyabr kuni u UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida NʼGolo Kantening oʻrniga maydonga tushdi. Bu bilan u Moris Gastigerdan (1914-yil) keyin 17 yosh, 9 oy va 29 kunligida Fransiya terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

2020-yil 7-oktabrda Kamavinga Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini Ukrainaga qarshi 7:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi va u oʻzining birinchi xalqaro golini urib, tepadan zarbasi bilan hisobni ochdi. Bu uni 1914-yilda Moris Gastigerdan keyin Fransiya terma jamoasi safida eng yosh toʻpurarga aylantirdi

2021-yil 25-iyunda Kamavinga Silven Ripollning 2021-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasining 18 kishilik tarkibiga kiritildi. Ammo keyinroq klubi eʼtiroz bildirgach jamoadan chetlatildi.

Karyera statistikasi



Klublar safida




2022-yil 28-maygacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]

Xalqaro maydonda




2020-yil 14-oktabrgacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]

Mukofotlar



Real Madrid

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz