Eduard Smirnov
Eduard Pavlovich Smirnov (rumincha: Eduard Smirnov; 1939-yil 17-sentyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati) — Moldova Respublikasi parlamenti Sotsialistlar partiyasi deputati. 2014-yil 30-noyabrdan 2015-yil 23-yanvargacha hamda 2019-yil 24-fevraldan 2019-yil 8-iyunga qadar Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
Biografiyasi
Eduard Smirnov 1939-yilning 17-sentyabrida SSSR Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati
1956—1961-yillar — Rossiyaning Kostroma shahridagi toʻqimachilik instituti talabasi.
1961—1963-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi gazlama fabrikasi bosh mexanigi.
1963—1969-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahar komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi.
1969—1973-yillarda — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.
1973—1977-yillar — Kishinyov shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.
1977—1991-yillar — Kishinyov partiya va sovet organlari xodimi.
1991—1995-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes sherik“ mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.
1995—1999-yillar — Kishinyov meri oʻrinbosari.
1999-2007-yillar — Kishinyov shahar kengashi aʼzosi.
1999—2010-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes hamkor“ mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori oʻrinbosari.
2013—2014-yillar — Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi raisi maslahatchisi.
2014-2015-yillar — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
2014-yil — Moldova Respublikasi parlamenti deputati.
2019-yil — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
Parlament spikerligi
2014-yil 30-noyabridan 2015-yil 23-yanvarigacha, yaʼni Andrian Kandu oʻz vakolatlarini topshirgunga qadar Moldova Respublikasi parlamentida Smirnov bosh deputat sifatida qonun chiqaruvchi organ spikeri vazifasini bajargan.
2019-yil 24-fevralidan 2019-yilning 8-iyuniga qadar Moldova Respublikasi parlamentida parlament koalitsiyasi tuzilib, Zinaida Greceanii parlamentning yangi spikeri etib saylangunga qadar Smirnov Parlamentda eng yuqori martabali deputat lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Havolalar
Moldova parlamentining rasmiy sayti Eduard Smirnovning tarjimai holi — Moldova tilida.
Manbalar
uz.wikipedia.org