Eduard Jenner




Jenner Eduard (1749-1823) - ingliz vrachi, chin chechakka qarshi emlash usulining asoschisi. Sigir chechagi bilan ogʻrib tuzalgan sut sogʻuvchilar chin chechak bilan ogʻrimasligini aniqlagan. 1769-yil 14 mayda 8 yashar Jeyms Fips ismli bolaga sigir chechagini, bir yarim oydan keyin odam chechagini emlagan; bola chechak bilan ogʻrimagan. Bir necha oy va bir necha yildan keyin Fipsni yana qayta emlab chechakka qarshi emlash mumkinligini va juda yaxshi natija berishini isbotlagan. 1803-yilda Londonda chechakka qarshi emlash instituti (Jenner instituti) ochildi, J. umrining oxirigacha unga rahbarlik qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz