Eduard Danielyan




 

Eduard Rafaelovich Danielyan (1963-yil 4-iyunda tugʻilgan) — sovet va arman futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati



Eduard oʻzbek futbol tarbiyalanuvchisi va faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston SSR jamoalarida toʻp surdi. Faoliyatini 1992-yil Qoraqalpogʻistonda, Nukusning „Amudaryo“ jamoasida boshlagan. Nukus jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida jamoa tarkibida toʻp surdi va 27 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1985-yilda Yangiyerning „Yangiyer“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Yangiyerliklar tarkibida bir mavsum davomida toʻp surgan xolda 1986-yil qoʻshni viloyat jamoasi Jizzaxning „Yoshlik“ klubi tarkibiga oʻtdi. Jizzaxliklar tarkibida SSSR Ikkinchi ligasi oʻynadi. 1988-yil Armaniston SSRning SSSR Ikkinchi ligasida toʻp suruvchi jamoasi Arsax jamoasi tarkibiga oʻtdi. Armasniston jamoasini uch mavsum davomida himoya qildi. 1991-yil Oʻzbekistonga qaytib SSSR ikkinchi B-ligasi vakili Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Kosonsoyliklar tarkibida SSSR musoboqalarida bir mavsum davomida 21 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1992-yil Rossiya chempionatiga koʻchib oʻtdi va birinchi liga vakili „Saxalin“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Saxalin jamoasi safida 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi. 1995-yil Armanistonning SSKA Karabag jamoasi safiga qoʻshildi va faoliyatini soʻngigacha shu jamoa tarkibida qoldi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz