Eduard Buchner




Eduard Buchner (1860.20.5, Myunxen — 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) — nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg universitetlari professor (1893—1911). 1889-yilda pirazolni kashf etgan. 1897-yilda achish jarayonini faqat zamburugʻlar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijgʻishni keltirib chiqaradigan shira olishga muvaffaq boʻlindi. Nobel mukofoti laureati (1907)

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz