Edu Bedia




Eduardo 'Edu' Bedia Pelaes (1989-yil 23-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining „Goa“ klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ispaniya va Germaniya



Kantabriyaning Santander shahrida tugʻilgan Bedia oʻzining tugʻilgan shahri „Racing de Santander“ning yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2008-yilning 24-sentyabrida oʻzining birinchi jamoasi safida La Ligada debyut qilgan.

2011-yilning yanvarida Bedia Segunda Diviziyasining UD Salamanca jamoasiga ijaraga berildi, besh oylik faoliyati davomida jami 1119 daqiqa oʻynadi, ammo jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Keyinchalik, Racinga qaytdi.

Bedia keyingi yillarda Hércules CF va FC Barcelona Atletic bilan ikkinchi divizionda oʻynadi. 2014-yil 16-iyun kuni u va Barça B aʼzosi Ilie Sánchez Germaniyaning TSV 1860 Munich klubi bilan shartnoma imzoladilar.

2015-yil 13-iyulda Bedia Real Oviedo bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 19-yanvarida „Real Saragosa“ga oʻtdi.

Goa



2017-yil 2-sentabrda Bedia Hindiston Superligasi franshizasi FC Goa jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Ikkinchi mavsumida yetti gol urdi.

2020-yil iyun oyida Bedia yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsum oldidan sardor etib tayinlandi va 2021-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynadi.

Bedia jamoasi bilan 2021-yilgi Durand kubogida maydonga tushdi. Yarim finalda Bengaluru FCni intriga bilan 7:6 hisobida magʻlub etdi. Bedia esa oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 3-oktyabr kuni Mohammedan SCga qarshi hal qiluvchi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda jarima zarbasi orqali yagona gol kiritdi.

Faoliyat statistikasi



Klubda



25-fevral, 2022-yilgi holat boʻyicha

Terma jamoada




Yutuqlari



Goa

Ispaniya U20

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz