Edson Puch
Edson Raúl Puch Cortés (talaffuzi: Edson Raul Puig Kortes; 1986-yil 9-aprelda Chilining Iquique shahrida tugʻilgan) — Chililik futbolchi, „Universidad Católica“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Edson Puch „Deportes Iquique“ futbol klubi va „Huachipato“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Edson Puch 2009-yilda „Universidad de Chile“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-iyul kuni „Palestino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2- avgust kuni „Union Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Edson Puch „Universidad de Chile“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2011-yilda Edson Puch klubga Chili premyer ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan.
2011-yilda Edson Puch jamoa bosh murabbiyi Diego Maradonaning taklifiga binoan „Al Wasl“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qilgan. 16-oktabr kuni „Sharjah“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Fors koʻrfazi mamlakatlari arab ligasida debyut qilgan. 25-noyabr kuni Edson Puch jamoadagi ilk golini „Sharjah“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan.
2016-yil boshida Edson Puch Ekvadorning „LDU Quito“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
2009-yil 27-mayda Edson Puch Chili terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi Kirin kubogi bahsida debyut qilgan.
2016-yilning yozida Edson Puch Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtgan Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan edi. Turnirda u Boliviya, Panama, Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Edson Puch terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.
2017-yilda Edson Puch Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u Kamerun va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org