Edmond Tapsoba
Edmond Fayçal Tapsoba (talaffuzi: Edmond Fesal Tapsoba; 1999-yil 2- fevralda Burkiniyada tugʻilgan) —Burkinalik futbolchi, „Bayer 04“ futbol klubi va Burkina Faso terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Ouagadougou shahrida tugʻilgan Edmond Tapsoba Burkiniyaning „Salitas“ va „Ouagadougou“ futbol klublarida oʻynagan. 2017-yilda Edmond Tapsoba Portugaliyaga koʻchib oʻtdi va „Leixões“ futbol klubi futbolchisiga aylandi. 2018-yil yanvar oyida Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubi futbolchisiga aylandi va ular bilan 2022-yilgacha shartnoma imzoladi. 2018-yilning 12-avgust kuni himoyachi „Vitória de Guimarães“ futbol klubi safida Portugaliya Segundasining „Cova da Piedade“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi. 2018—2019-yilgi mavsumda Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubi safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, Portugaliya Segundasida 7 ta gol urgan. 2018-yilning 18-avgustida Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubining asosiy tarkibida Portugaliya Premyer Ligasida „Boavista“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi.
Edmond Tapsoba 2020-yilning 31-yanvarida Germaniyaning „Bayer 04“ futbol klubiga o‘tib, 2025-yilning iyunigacha klub bilan shartnoma imzolagan. 2020-yil 8-fevralda Edmond Tapsoba asosiy tarkibda Dortmundning „Borussia“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi.
Xalqaro faoliyati
Edmond Tapsoba 2016-yilning 24-avgust kuni Burkina Faso terma jamoasi safida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qilgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org