Edith Xannam
Edith Xannam Margaret (inglizcha: Edith Hannam Margaret; 1878-yil 28-noyabr, Angliya, Buyuk Britaniya ― 1951-yil 16-yanvar, Angliya) ― britaniyalik tennischi edi. U 1912-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashib, ikki karra oltin medal so'vindori.
Oilaviy hayoti
Edith Margaret 1878-yil 28-noyabrda Glostershir shtatining Bristol shahrida tavallud topgan. U Jon va Julia Bausherning qizi edi, otasi farmasevt bo'lib ishlagan.
Edith 1909-yilda Long Ashtonda Frensis Jon Xannamga turmushga chiqgan. Kapitan unvoni bilan Gloucestershire polkiga qo'mondonlik qilib, 1916-yil 5-iyulda Frensis Jon Fransiyadagi janglarda halok bo'ldi.
Tennis martaba
1909-yilda Cincinnati Masters tennis turnirida Xannam yakkalik va aralash juftlik bahslarida g'olib chiqdi va juftlik bahslarida finalchi bo'ldi. U yakkalik chempionligi uchun finalda Marta Kinsini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, Edith juftlik finalida Julia Friberg bilan juftlik hosil qildi va Linkoln Mitchell bilan birgalikda aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdi.
Shuni etib otish kerakki, 1992-yilga kelib Olimpiadada Xannam daniyalik tennischi Sofi Kastensholdni ikki setda mag'lubiyatga uchratib, ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi va sherigi Charlz Dikson bilan birgalikda aralash juftlik musobaqasida qatnashdi. 1914-yilda hamkori Ethel Larkomb bilan Uimbldonda ayollar juftlik bahslarida finalga chiqdi, ammo to'g'ridan-to'g'ri Elizabet Rayan va Agnes Mortonga yutqazdi.
Edith Margaret 1951-yil 16-yanvarda Angliya shahrida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org