EdisonFuture




EdisonFuture — 2020-yilda tashkil etilgan Kaliforniyaning Livermor shahrida joylashgan elektr pikap va furgonlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan Amerika startap kompaniyasi. U Xitoyning SPI Energy kompaniyasiga tegishli.

Tarix




2020-yilda Xitoyning SPI Energy kompaniyasi AQShdagi faoliyatini kengaytirishga, bundan tashqari mahalliy Phoenix Motorcars kompaniyasining toʻliq ulushiga egalik qilish bilan birgalikda, EdisonFuture startapini tashkil qilishga qaror qildi. 2021-yil yanvar oyida kompaniya birinchi rejalashtirilgan EdisonFuture avtomobillarining tashqi koʻrinishini ishlab chiqish topshirilgan Icona Design dizaynerlik byurosi bilan hamkorlikni boshladi.

2021-yil oktabr oyi oʻrtalarida EdisonFuture oʻzining birinchi avtomobili EF1 ning batafsil vizual tasvirlarini taqdim etdi. Modellar Toʻliq oʻlchamli 4 eshikli pikap EF1-T (old qatorda 3 ta va orqa qatorda 3ta oʻrindiq) va furgon EF1-V (oldi qatorda 3 ta oʻrindiq) koʻrinishida mavjud boʻlib, u 2022-yilning birinchi yarmida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Startap hozircha avtomobilning toʻliq tavsifi va koʻrsatkichlarini taqdim etmadi.

Manbalar



 

Shuningdek q.




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz