Edip Gafarov




Edip Saidovich Gafarov (qrim tatarcha: Edip Said oğlu Gafarov, Эдип Саид огълу Гафаров; 9-may 1952-yil, Oqtosh, Samarqand viloyati) – ukrain va rus siyosatchisi. 2018-yil 30-iyuldan Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari.

2014-yildan Qrim Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi.

Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari (2002—2005). Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

Biografiyasi



Edip Gafarov  1952-yil 9-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh qishlogʻida tugʻilgan. Millati – qrim tatar.

1970—1972-yillarda Germaniyada Sovet qoʻshinlari guruhida xizmat qilgan.

1974-yildan BTI Samarqand viloyat boshqarmasida ishlagan.

1982-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

1991—1999-yillarda Qrimda qurilish sohasida ishlagan – qurilish materiallari zavodi direktori, qurilish tresti boshqaruvchisi boʻlgan.

1999-yildan — Qrim Avtonom Respublika qoʻmitasi raisining millatlar va deportatsiya qilingan fuqarolar ishlari boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga tayinlanagan. 2000—2002-yillarda ushbu qoʻmitaga rais boʻlgan.

2002—2005-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari.

Qrimdagi saylovlarda u Mustafo Jemilevning „Qrim-tatar xalqi majlisi“ ga muxolif boʻlgan „Qrim tatar bloki“ ni boshqargan. 2006-yilda u „Mejlis qrim tatarlari orasidagi barcha hokimiyatni va milliy harakatdagi barcha xizmatlarini oʻz zimmasiga olishga harakat qilmoqda“ deb xabar berdi. 2007-yilda Edip Gafarov „Mejlisning fikri bu butun Qrim-tatar xalqining fikr emas“ degan fikrlarni bildirdi.

2008—2014-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi qoʻmitasi raisining suv xoʻjaligi qurilishi boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

2014-yil 14-sentyabrdan – birinchi chaqiriq Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati (Rossiya qonunlariga muvofiq saylangan), Millatlararo munosabatlar qoʻmitasining raisi.

Ukraina prokuraturasi Qrim Avtonom Respublikasi Davlat kengashini davlatga xiyonat qilishda gumon qilmoqda va shuning uchun Edip Gafarovni qidiruvga bergan.

2018-yil 30-iyulda u Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari etib saylandi.

Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz