Edin Višća
Edin Višća (talaffuzi: Edin Vishcha; 1990-yil 17-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Trabzonspor klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Višća FK Budućnost Banovićiga 2005-yilda qoʻshilgan. 2007-yil 10-sentyabrda 17 yoshida Ozren Semizovacga qarshi professional debyut qilgan.
Željezničar
2009-yilning sentabrida Višća Željezničar bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi rasmiy debyutini 2010-yilning 27-fevralida NK Čelik Zenicaga qarshi oʻtkazdi. 3-aprel kuni Travnikga Željezničar safidagi birinchi golini urdi.
İstanbul Başakşehir
2011-yilning avgustida Višća nomaʼlum toʻlov evaziga Turkiyaning İstanbul Başakşehir jamoasiga oʻtdi. Jamoadagi debyutini 11-sentyabr kuni Galatasarayga qarshi oʻtkazdi. 2012-yilning 3-yanvarida jamoadagi ilk golini xuddi shu raqib darvozasiga kiritdi.
2014-yilning 20-aprelida Gaziantepga qarshi o‘yinda 100-uchrashuvini o‘tkazdi.
2016-yilning avgustida shartnomasini 2020-yil iyunigacha uzaytirdi.
Trabzonspor
2022-yilning yanvarida Višća ikki yarim mavsumlik shartnoma asosida Trabzonsporga oʻtdi. 15-yanvar kuni Sivassporga qarshi oʻyinda rasman debyut qildi. 23-yanvar kuni „Trabzonspor“ safidagi ilk golini „Galatasaray“ga urdi va bu gol jamoasining gʻalabasini taʼminladi.
Xalqaro faoliyati
Višća Bosniya va Gertsegovinanining U19 va U21 terma jamoalarini himoya qilgan.
2010-yilning noyabrida Polshaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi va oʻsha oʻyinda, 10-dekabrda debyut qildi.
2014-yil iyun oyida Višća Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga, mamlakatning birinchi yirik musobaqasi tarkibiga kiritildi. Turnirdagi debyutini 15-iyun kuni Argentinaga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda oʻtkazdi.
2015-yilning 12-iyunida Yevro-2016 saralashida Isroilga qarshi o‘yinda Višća dublga erishdi.
Faoliyatidagi ilk xet-trikini 2018-yilning 1-iyunida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda qayd etgan.
Višća 2021-yil 21-mayda terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Faoliyat statistikasi
Klub
12-avgust, 2022-yil[22]
Xalqaro
15-noyabr, 2020-yil[23]
Yutuqlari
Željezničar İstanbul Başakşehir Trabzonspor Individual Manbalar
uz.wikipedia.org