Edin Cocalić
Edin Cocalić (talaffuzi: Edin Kokalich; 1987-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Cocalić 1999-yilda Željezničarning yoshlar akademiyasi orqali asosiy klubga qoʻshilgan. 2006-yilda 18 yoshida professional debyut qilgan.
2010-yilning yanvarida Gretsiyaning Panionios klubi bilan shartnoma imzoladi.
2012-yil yanvar oyida Cocalić Isroilning Maccabi Haifa jamoasiga oʻtdi.
Mechelen
2015-yilning 31-yanvarida Cocalić Belgiyaning Mechelen jamoasi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Bir hafta oʻtgach, Charleroiga qarshi klubdagi rasmiy debyutini oʻtkazdi.
2017-yilning yanvarida Cocalić ikki yarim mavsumlik shartnomaga rozi boʻldi.
2018-yilning 23-yanvarida jamoadagi 100-o‘yinini Sint-Truidensega qarshi o‘tkazdi.
2018-yilning mart oyida Mechelen Belgiya birinchi divizioni B ga tushib ketganiga qaramay, Cocalić klubda qolishga qaror qildi va hatto shartnomasini qoʻshimcha mavsumga uzaytirdi.
Akhisarspor
2019-yilning 21-yanvarida Cocalić nomaʼlum to‘lov evaziga Turkiyaning Akhisarspor jamoasiga o‘tdi. Bir hafta oʻtgach, klubdagi debyutida gol urdi va toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi.
Altay
„Akhisarspor“ni tark etgach, 2020-yil sentabr oyida Cocalić 1. Lig klubi Altay bilan shartnoma imzoladi.
2021-yil 17-yanvarda Gretsiyaning Panetolikos klubiga oʻtdi. 2021-yilning noyabrida Cocalić Panetolikos bilan shartnomasini bekor qildi va klubni tark etdi.
Željezničarga qaytish
2022-yil 24-yanvarda Cocalić „Jeljezničar“ni tark etganidan keyin oʻn yildan koʻproq vaqt oʻtgach, sobiq klubiga qaytdi.
2022-yilning 16-iyulida Cocalić 2022—2023-yilgi mavsumdagi ilk golini Leotar darvozasiga kiritdi, bu 2009-yil oktabr oyidan beri Bosniya Premyer-ligasidagi ilk goli edi.
Xalqaro faoliyati
Cocalić barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovinani himoya qilgan. 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida sardori boʻlgan.
2015-yilning mart oyida Andorra va Avstriyaga qarshi oʻyinlarga birinchi marta chaqiruv oldi.
Shaxsiy hayoti
Cocalić 2010-yil mart oyida sevgilisi Merima bilan turmush qurgan. Ularning bir qiz va bir oʻgʻli bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
6-noyabr, 2022-yil[19]
Xalqaro
10-oktyabr, 2017-yil[20]
Manbalar
uz.wikipedia.org