Edimilson Fernandes




Edimilson Fernandes Ribeiro (talaffuzi: Edimilson Fernandesh Ribeyro) (1996-yil 15-aprelda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Germaniyaning „Mainz 05“ klubi va Shveysariya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Sion



Fernandes dastlab, „Sion“ klubining yoshlar vakili boʻlgan. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2013-yil 1-iyun kuni „FC Zürich“ga qarshi o‘yinda (4:2) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2015-yilning 1-martida „Luzern“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi. Fernandes Sionning 2015\2016-yilgi Yevropa Ligasi mavsumining 32-turida Braga bilan boʻlgan oʻyinda ham ishtirok etdi. Barcha oʻyinlarda u Sionning asosiy jamoasida 65 marta va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida 41 oʻyin oʻtkazgan.

West Ham United



2016-yilning 25-avgustida Fernandes Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan 5 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi. U „West Ham“dagi debyutini 2016-yilning 25-sentabrida „Southampton“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazib, 82-daqiqada Mark Noblening oʻrniga maydonga tushdi. 2016-yilning 26-oktabr kuni Fernandes „West Ham“ uchun birinchi golini Angliya liga kubogida "Chelsea"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi va murabbiy Slaven Bilićning olqishiga sazovor bo‘ldi.


Fiorentina (Ijara)

2018-yilning 13-avgustida Fernandes Italiyaning „Fiorentina“ jamoasiga sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi.

Mainz 05



2019-yil 3-iyunda Fernandes nomaʼlum toʻlov evaziga 4 yillik shartnoma asosida Bundesliganing „Mainz 05“ jamoasiga qoʻshildi. 2019-yilning 17-avgustida u liganing „Frayburg“ klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi.

Fernandes 2019\2020-yilgi mavsumda Bundesliganing soʻnggi oʻyinida „Mainz“ uchun birinchi golini urdi. U oʻsha oʻyinda ikkinchi boʻlimda almashtirilgandan soʻng, u „Mainz“ning „Werder“ga (3:1) qarshi oʻyinida uchinchi golni kiritgandi.


Young Boys (Ijara)

Xalqaro faoliyati



Fernandes Shveysariyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida debyutini 2016-yilning mart oyida Angliyaga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan edi. Ikkinchi oʻyinida, 2016-yil 2-sentyabrda u oʻzining ilk xalqaro golini Bil shaharida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.

2016-yilning noyabr oyida Fernandes Farer orollariga qarshi oʻyin uchun Shveysariya terma jamoasiga birinchi chaqiruv oldi.

U 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ularga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar Ligasi finalida o‘ynadi va uning jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdi.

Sion

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz