Edilboy qoʻy zoti




Edilboy qoʻy zoti — goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi dagʻal jun beradigan yirik dumbali qoʻy zoti. 19-asrda Qozogʻistonda xalq seleksionerlari tomonidan mahalliy dumbali qoʻylarni tanlash va qoʻpaytirish yoʻli bilan chiqarilgan. Yirik gavda tuzilishi, tez oʻsuvchanlik, erta yetiluvchanlik, yuqori mahsuldorlik va sifatli juni bilan tavsiflanadi. Mahsuldorligi jihatidan hisori qoʻylariga yaqin. Tusi qoramtir, qoʻngʻir, oq, sargʻish, qoʻchqorlari ham, sovliqlari ham toʻqol. Qoʻchqorlarining tirik vazni 100—105 (baʼzan 150) kg, sovliklariniki 65—70 (115) kg, 4—5 oylik qoʻzilariniki 40–42 kg. Qoʻchqorlaridan 3—3,5 kg, sovliqlaridan 2,5 kg jun olinadi (kokillarining uz. 15 sm). Sovliqlari nisbatan sersut. Edilboy qoʻy zoti, asosan, Qozogʻistonda sof holda urchitib, koʻpaytiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz