Edigey




"IDIKU" — amir Idiku Qutlugʻ Qabo (rus yilnomalarida — Edigey, Yedigey) (1352—1419) haqida 15—16-asrlarda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan doston. Mangʻitlar amiri Idikuning tarix maydonida paydo boʻlishi va uning Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi (14-asrning 90-y.lari) Temur ishtirokida kurashi bilan bogʻliq voqe-alar "I." dostonining asosini tashkil etadi. Dostonda, ayniqsa Idikuning yordam soʻrab Samarqandga — Amir Temur huzuriga kelishi, Sohibqironning unga oʻz yaqinidek yordam berishi tasvirlab berilgan. Dostonda va b. ri-voyatlarda Idikuning ajdodi Xoja Ahmad Yassaviyga bogʻlanishi aytilgan.

"I.", asosan, Volga boʻyidagi turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Doston Qozonda 1990 yilda kitob holida nashr etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz