Edgard Amping




Edgard Amping (2003-yil, 9-iyunda tugʻilgan) — indoneziyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi PSM Makassar va Indoneziyaning 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Yoshligi



Amping — 2003-yil, 9-iyun kuni Gʻarbiy Sulavesi, Mamuju shahrida tugʻilgan yosh futbolchi. U chap qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. Amping oʻz faoliyatini SSB Mitra Manakarra klubida 11 yoshida boshlagan. SSB Mitra Manakarra bilan birgalikda u Jakartada 2016-yilgi Danone Millatlar Kubogi milliy bosqichida ishtirok etgan.

PSM Makassar



U 2018-yil yanvar oyi boshida PSM Makassar U-16 yoshlar jamoasiga kelib qoʻshilgan. Oʻsha paytda u 15 yoshda edi. Bir yil oʻtgach, Amping PSM Makassar U-18 jamoasiga koʻtarildi. Jamoasi bilan birgalikda uning oʻyinlari sayqallashishda davom etdi va koʻplab murabbiylarning eʼtiborini torta boshladi. 2019-yilda Garuda Select dasturi tanlovining ikkinchi bosqichida muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin uning salohiyati oʻsishda davom etdi. U Des Walker va Dennis Wisedan koʻrsatma oldi. Garuda Select dasturining ikkinchi bosqichida ishtirok etayotganda, Amping eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi sifatida qayd etildi. Uning oʻsha vaqtdagi oʻyinlari uni Garuda Select dasturining uchinchi bosqichida mashgʻulotlarga qaytgan uchta oʻyinchidan biriga aylantirdi.


Muba Babel United (ijara)

2021-yil oktyabr oyida Amping Liga 2 klubi Muba Babel United tomonidan PSM Makassardan ijara shartnoma asosida ijaraga olingan. Amping ligadagi debyutini 11-oktyabr kuni PSMS Medan klubiga qarshi oʻyinning (2:0) 37-daqiqada Derry Herlangga oʻrniga maydonga tushdi. 15-oktyabr kuni Amping Muba Babel United klubi safidagi birinchi golini Palembangdagi Gelora Sriwijaya stadionida 41-daqiqada KS Tiga Naga darvozasiga kiritgan.

Xalqaro faoliyati



2022-yil, 30-may kuni Edgard Indoneziya yoshlar terma jamoasi safida Fransiyada boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Moris Revello turnirida Venesuela U-20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 5-dekabr holatiga ko'ra

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz