Edgar Pacheco
Edgar Iván Pacheco Rodríguez (talaffuzi: Edgar Ivan Pacheco Rodriguez; 1990-yil 22-yanvarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, „Antigua Guatemala“ futbol klubi va Meksika terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Edgar Pacheco „Atlas“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 2008-yil 20-yanvarda Edgar Pacheco Meksika Primerasida „Toluca“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Yangi murabbiy kelishi bilan Edgar Pacheco koʻproq harakat qila boshlagan va asta-sekin jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 19-oktabr kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi bahsda Edgar Pacheco klub safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2010-yil 31-yanvarda „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoa darvozaboni oʻrniga maydonga tushgan. 2011-yilning iyun oyida baʼzi Yevropa jamoalari Edgar Pacheconi sotib olishga qiziqish bildirishgan. Faoliyatini davom ettirish uchun eng eng munosib jamoa deb portugaliyaning „Benfica“ futbol klubini tanlagan.
2011-yil 2-iyunda Edgar Pacheco „UANL Tigres“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer summasi 4 million dollarni tashkil qilgan. 30-iyul kuni „Querétaro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa yangi klubda debyut qilgan.
2012-yilning yozida Edgar Pacheco doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida „León“ futbol klubiga oʻtgan. 28-iyul kuni „Tijuana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „León“ futbol klubi safida debyut qilgan. 2013-yilning 28-aprelida „Atlanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Edgar Pacheco ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2014-yilning yozida Edgar Pacheco „Mineros de Zacatecas“ futbol klubi safida yarim yil ijara asosida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati
2009-yil 30-sentabrda Edgar Pacheco Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qilgan. 2011-yilning 9-fevralida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2011-yilda Edgar Pacheco jamoada yuz bergan janjal tufayli 8 nafar futbolchi terma jamoadan chetlatilishi sababli, Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilgan. Turnirda Edgar Pacheco Chili, Peru va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Meksika safidagi gollari
Manbalar
uz.wikipedia.org