Edgar Manucharyan
Edgar Vagrikovich Manucharyan (armancha: Էդգար Վագրիկի Մանուչարյան; 1987-yil 19-yanvarda Armaniston markazi Yerevanda dunyoga kelgan.
Edgar Manucharyan arman futbolchisi boʻlib, maydonda hujumchi vazifasini bajargan. Armaniston terma jamoasi safida toʻp surgan futbolchi.
Futbolchilik faoliyatini „Pyunik“ klubida boshlagan[1]. 17 yoshida u klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va Armaniston yoshlar terma jamoasida oʻynay boshlagan. 2005-yilda u Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtgan, klub tarkibida 2006 va 2007-yillarda Gollandiya kubogini qoʻlga kiritgan[2]. 2006-yildan boshlab u „Ayaks“ yoshlar jamoasida oʻynagan va 2009-yilning avgustida u „Haarlem“ klubiga ijaraga berilgan. Manucharyanning bu jamoasi olti oydan soʻng tarqatib yuborilgan. 2010-yil fevral oyida Manucharyan AGOVV klubiga ijaraga berilgan va u „Ayaks“ga qaytganidan soʻng, klub bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan. Iyul oyining oʻrtalarida u Pyunikga qaytib kelgan. 2011-yilning avgust oyida u „Ural Yekaterinburg“ga ijaraga berilgan.
Biografiyasi
2004-yil dekabr oyi boshida Manucharyan sinov uchun Amsterdamning Ayaks jamoasiga borgan va 14-dekabr kuni Elche shahrida boʻlib oʻtgan Ispaniyaning "Barcelona" jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va oʻng oyogʻining metatarsal suyagi sinishi natijasida maydonda bor-yoʻgʻi 14 daqiqa vaqt oʻtkazgan futbolchi oʻyinni davom ettira olmagan. Shu kuni Armaniston futbol federatsiyasi jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra Manucharyanni Armanistonning 2004-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topgan. Jarohatdan keyin „Ayaks“ darhol futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan. 2005-yil 1-iyulga kelib, futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolagan „Ayaks“ 100 000 dollar evaziga futbolchini oʻz tarkibiga qoʻshgan.
Manucharyan 2005-yil 18-sentyabrda Gollandiya chempionati doirasida AZga qarshi o‘yinda „Ayaks“ safida debyut qilgan. Futbolchi 84-daqiqada hujumchi Rayan Babel o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan. „Ayaks“ bu oʻyinda mehmonlardan 4: 2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 2005/06-yilgi mavsumda Manucharyan chempionatda toʻrtta oʻyin oʻtkazgan hamda Gollandiya kubogi sohibiga aylangan.
2006/07-yilgi mavsumda Manucharyan kamdan-kam hollarda asosiy jamoaga kiritilgan va tez-tez jarohat olgan. 2006-yil 2-noyabrdagi UEFA kubogi doirasida Avstriyaning „Avstriya“ Vena jamoasiga qarshi oʻyinda u „Ayaks“ uchun debyut golini kiritgan. Manucharyan 57-daqiqada maydonga tushib, 8 daqiqadan soʻng gol urishga muvaffaq boʻlgan. Amsterdamliklar bu oʻyinda oʻz maydonida 3:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. 2006-yil 22-iyulda Manucharyan yangi „Emirates“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliyaning „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan. Bu oʻyin „Ayaks“ va „Arsenal“ning sobiq futbolchisi Dennis Bergkamp uchun xayrlashuv oʻyini deb sanalgan. Manucharyan oʻyinda Kleys-Yan Xuntelaar uchun golli uzatmani amalga oshirgan va u yangi stadiondagi ilk golini kiritgan. 2007-yil mart oyi boshida Edgar shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirishga qaror qilgan. May oyida Manucharyan ikkinchi bor Gollandiya kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.
2007/08-yilgi mavsumda Manucharyan asosiy jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. „Ayaks“ bosh murabbiyi Adri Koster unga jamoadan joy berishni istamagan. Garchi Manucharyan aʼlo formada va doimo yoshlar jamoasida oʻynagan boʻlishiga qaramay, baʼzida yengil tan jarohati olishi futbolchiga pand bergan. 2008-yilning may oyida Manucharyan jamoani tark etish istagini bildirgan. 2008-yilning iyun oyida u va yana besh nafar futbolchi klub tomonidan sotuvga qoʻyilgan. Ammo baʼzi futbolchilar ijaraga berilgan va Manucharyan klubda qolishga majbur boʻlgan. 2008-yilgi Yevropa chempionatidan soʻng, Adri Koster oʻrniga „Ayaks“ning sobiq hujumchisi Marko van Basten klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biroq Van Basten kelganidan keyin Manucharyan „Ayaks“ning asosiy jamoasiga chaqirilmagan.
„Ural“
2012-yilning yozida Manucharyan „Ural“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2017/18-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin Manucharyan Yekaterinburg klubini tark etgan.
„Alashkert“
2018-yilning 25-iyulida Manucharyan „Alashkert“ jamoasi bilan 2018/19-yilgi mavsumda 2019-yilning 5-iyunida yakuniga yetishi nazarda tutilgan shartnomani imzolashga kelishgan.
„Pyunik“
2019-yil 6-iyun kuni „Pyunik“ Manucharyanning qaytishini eʼlon qilgan. Futbolchi 2019-yilning 24-dekabr kuni bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan holda jamoani tark etgan.
„Alashkert“ safiga qaytish
2020-yil 4-mart kuni „Alashkert“ Edgar Manucharyanning klubga qaytishini eʼlon qilgan.
2020-yil 2-avgust kuni Edgar Manucharyan faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilib, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashib, mahalliy futbolga yordam berish uchun futbol maydonida qolishini maʼlum qilgan.
Yutuqlari
„Pyunik“ safida
„Ayaks“ (Amsterdam) safida
„Ural“ tarkibida
Shaxsiy yutuqlari
Shaxsiy hayoti
Otasi — Vagrik Manucharyan „Pyunik-2“ jamoasining sobiq bosh murabbiyi. Ukasi — Xoren Manucharyan, „Alashkert“ futbolchisi boʻlgan.
Statistika
2019-yil 18-noyabr holatida[19]
Manbalar
uz.wikipedia.org