Edgar Davids




Edgar Steven Davids (1973-yil 13-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va hozir kunda murabbiy.

Faoliyatini „Ajax“da boshlagan, bir qancha mahalliy va xalqaro chempionliklarni qo‘lga kiritganidan so‘ng, u Italiyaning „Milan“ safiga qoʻshiladi va keyinchalik "Yuventus" bilan muvaffaqiyatlarga erishadi. 2004-yilda "Barcelona" ga ijaraga beriladi. U „Ajax“ga qaytishdan oldin „Inter“ va „Tottenham“ da ham oʻynadi. Ikki yil davomida jarohatlar bilan kurashgan Davids 37 yoshida oʻz faoliyatini tugatishdan oldin „Crystal Palace“ bilan qisqa muddatga shartnoma imzolaydi. 2012-yilda u Angliya ligasining ikkinchi ligasi klubi Barnetga oʻynovchi-murabbiy etib tayinlanadi. U 2014-yil yanvar oyida oʻzaro kelishuvga koʻra murabbiy lavozimini tark etdi. U xalqaro miqyosda Gollandiya terma jamoasi safida 74 marta maydonga tushib, oltita gol urdi va oʻz mamlakati sharafini FIFA Jahon chempionati (bir marta) va UEFA Yevropa chempionatida (uch marta) himoya qilishga sazovar boʻldi.

Yoshlik



Davids Surinamda tugʻilgan. Onasi tomonidan kelib chiqishi qisman yahudiy. Davids goʻdakligida oila Gollandiyaga koʻchib oʻtdi. Uning amakivachchasi Lorenso ham futbolchi edi.


Oʻyin uslubi



U tez, mehnatsevar, qatʼiyatli jamoa oʻyinchisi, kuch va tezlik, shuningdek, kichik boʻyiga qaramay, ajoyib jismoniy kuch va chidamlilik xususiyatiga ega kamyob futbolchi. Davids oʻzining dinamik va jangovar oʻyin uslubi bilan raqiblariga ancha qiyinchilik tugʻdirgan. Unga yoshligida „ The Mayor of the Street “ (koʻcha hokimi) laqabini berilgan.

OAV



Davids Amerikaning Nike sport kiyimlari kompaniyasining reklama roliklarida suratga tushgan. 1996-yilda u Rim amfiteatrida oʻrnatilgan gladiatorlar oʻyinida „ Yaxshi va yomon “ deb nomlangan Nike reklama roligida rol oʻynadi. Reklama rolikda Ronaldo, Paolo Maldini, Eric Cantona, Patrick Kluivert va Jorge Campos kabi dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilar bilan birga paydo boʻlib, ular iblis jangchilar jamoasiga qarshi „chiroyli oʻyin“ koʻrsatishadi va Cantonaning toʻpga zarba berishi va yovuzlikni yoʻq qilishi bilan yakunlanadi.

Murabbiylik faoliyati



Ajax



2011-yil iyun oyida Davids Johan Cruyff bilan birga „Ajax“ning yangi kuzatuv kengashiga saylandi.

Barnet



2010-yildan beri Davids sherigi bilan Shimoliy Londonda yashagan va koʻcha futbolida ishtirok etgan, shuningdek, Sundaya ligasi havaskorlar jamoasi Brixton United jamoasini boshqargan. 2012-yil 11-oktabrda Davids Mark Robson bilan birga oʻyinchi-menejer rolida Barnetning Ikkinchi liga jamoasiga qoʻshildi.

Telstar



2020-yilda Davids Gollandiyaning Eerste Divizion klubi Telstarga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

Olhanense



2021-yilning 4-yanvarida Davids Portugaliya jamoasi S.C.Olxanense bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2021-yil 19-iyulda ishdan boʻshatilgan.

Shaxsiy hayot



Davids dizayner Olcay Gulsen bilan unashtirilgan edi. 1999-yilda Davids Monta Street deb nomlangan oʻzining Street Soccer brendini yaratdi.

Faoliyatidagi statistikasi



Klub




Xalqaro




Hisob va natija birinchi boʻlib Gollandiya gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Davidsning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi[26].

Yutuqlari



Ajax

Juventus

Inter Milan

Gollandiya

Shaxsiy

Manba




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz