Edgar Bernhardt




Edgar Bernhardt (1986-yil 30-martda tugʻilgan) — qirgʻizistonlik professional futbolchi, Bishkekning „Alga“ klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Germaniya va Gollandiyada



Bernhardt 2007-yil 10-avgustda „Emmen“ jamoasi safida Eerste Divizionida professional ligada debyut qildi, Go Ahead Eaglesga qarshi oʻyinda 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2008-yil 30-iyunda VfL Osnabrückga qaytdi va 2009-yil 8-iyunda Wuppertaler SV bilan shartnoma imzoladi.

Kedah



2019-yil 27-may kuni Bernhardt Malayziya Superligasi vakili Kedahga oʻtishga rozi boʻldi. Yilni 20 ta oʻyinda 2 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan yakunladi.

Abahani Limited Dakka



2019-yil dekabr oyida Bernhardt Bangladesh Premyer-ligasi „Abahani Limited Dakka“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Dordoy Bishkek



2020-yilning 1-avgust kuni „Dordoy Bishkek“ Bernhardt bilan Qirgʻiziston Premer-ligasining 2020-yilgi mavsumi oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yilning 16-yanvarida „Dordoy Bishkek“ Bernhardtning shartnoma muddati tugaganidan soʻng ketishini tasdiqladi. Bernhardt Oʻzbekiston Superligasining „Andijon“ klubida 6 oy oʻynab, 2021-yil 19-iyul kuni „Dordoy Bishkek“ga qaytdi.

Xalqaro faoliyati



Bernhardt 2015-yilning may oyida Aleksandr Krestinin tomonidan Qirgʻiziston terma jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Bangladesh va Avstraliyaga qarshi oʻyinlarida qatnashish uchun chaqirilgan edi. Ilk xalqaro golini Bangladeshga qarshi debyutida penaltidan kiritdi. Dakkada 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Shaxsiy hayoti



Bernhardt Sovet Ittifoqining Novopavlovka tumanida, hozirgi Qirgʻizistonda tugʻilgan. Germaniya, Qirgʻiziston va Rossiya fuqaroligiga ega. Qirgʻizistonda tugʻilgan boʻlsada, lekin yoshligida oilasi bilan Germaniyaning Stemwede shahriga koʻchib oʻtgan.

Faoliyat statistikasi



Xalqaro




19-noyabr, 2019-iyl[8]

Ballar va natijalar birinchi navbatda Qirgʻizistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Bernhardtning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Kedah

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz