Eddington Artur Stenli




Eddington Artur Stenli (1882.28.12, Kendal, Uestmorlend — 1944.22.11, Kembrij) — ingliz astronomi va fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1914-yildan). Kembrij universiteti rasadxonasi direktori (1914-yildan), London Qirollik astronomiya jamiyati (1921-23) va Xalqaro astronomiya ittifoqi prezidenti (1938-44). Asosiy ilmiy ishlari astrofizika, kosmologiya va nisbiylik nazariyasiga oid. Eddington yulduzlar harakatini oʻrgangan, ularning ichki tuzilishi nazariy asoslarini ishlab chiqqan, birinchi marta yorqinlik muvozanati nazariyasini yulduzlar orasida qoʻllagan. Yulduzlarning yorqinligi ularning massasiga bogʻliq ekanligini aniqlagan. Eddington birinchi boʻlib muvozanatda boʻlgan yulduzlarning modelini hisoblagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz