Edward Tatum




Edward Tatum (1909.14.12, Boulder, Kolorado shtata, AQSH — 1975.5.11) — amerikalik biokimyogar va genetik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1952). Chikago va Viskonsin untyni tugatgan (1931), biokimyo doktori (1934). Viskonsin, Utrext (Niderlandiya), Stanford (1937—45, 1948—56) va Yelsk (1945—48) universitetlarida ishlagan (1946-yildan professor). 1957-yildan NyuYorkdagi Rokfeller tibbiyot institutida professor Ilmiy ishlari mikroorganizmlar genetikasiga oid. Bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hodisasini kashf etgan (1947). Molekulyar genetikada "bitta gen — bitta ferment" degan fundamental konsepsiya mualliflaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1958, J.U.Bidl va J.Lederberg bilan hamkorlikda).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz