ECHL
ECHL (sobiq
Sharqiy qirgʻoq xokkey ligasi ) Shrewsbury (New Jersey) shahrida boʻlib oʻtadigan oʻrta darajadagi professional xokkey ligasidir. ECHL
jamoalari Qoʻshma Shtatlar va Kanada boʻylab tarqalgan. Bu Amerika xokkey ligasidan (AHL) pastda joylashgan liga turi hisoblanadi.
ECHL va AHL Milliy xokkey ligasi (NHL) va Milliy xokkey ligasi oʻyinchilar assotsiatsiyasi oʻrtasidagi jamoaviy bitim asosida tan olingan yagona kichik liga hisoblanadi. ECHLda faoliyat olib borganidan keyin 662 nafar xokkeychi NHLda kamida bitta oʻyin oʻtkazdi.
2022—2023-yilgi mavsumda 32 NHL jamoasidan 28 tasi ECHL jamoasiga tegishli boʻldi. Faqat Miliiy xokkey ligasining (NHL)"Nashville Predators", „St. Louis Blues“, „Vancouver Canucks“ va „Winnipeg Jets“ xokkey klublari ECHLga rasmiy ravishda qoʻshilmadi. Miliiy xokkey ligasining (NHL) jamoalari baʼzan shartnoma tuzilgan oʻyinchilarni ECHL jamoalariga ijaraga berishadi. Ular bilan rivojlanish va oʻyin uslubini yangilash uchun hamkorlik shartnomasi tuziladi.
Liganing muntazam mavsumi odatda oktyabr oyida boshlanadi va aprelda tugaydi. Muntazam mavsumdan soʻng, jamoalar Kelly kubogi pley-off oʻyinlari doirasida oʻyinlar oʻtkazishadi. Eng soʻnggi pley-off chempioni (2022-yilda) „Florida Everblades“ xokkey klubi hisoblanadi .
Jamoalar
2022—2023-yilgi mavsum jamoalari
2022—2023-yilgi mavsum jamoalarining joylashuvi.
Kelly kubogi pley-off formati
2012—2013-yilgi mavsumda Sharqiy konferensiyadagi sakkizta jamoa Kelly kubogining pley-off oʻyinlarida ishtirok etishdi. San Franciskodagi yigʻilishda (kengayish franshizasining qoʻshilishi bilan) Boshqaruvchilar kengashi Gʻarbiy konferensiya tartibini sakkizta jamoa (ikkita divizion gʻolibi va konferensiyadagi keyingi oltita jamoa) qatnashadigan qilib oʻzgartirishdi.
Boshqaruv kengashi, shuningdek, Kelly kubogi pley-off formatini yettita seriyadan iborat qilib tanlashdi. Ushbu yettita seriyaning barchasida gʻalaba qozongan jamoa Kelly kubogini qoʻlga kiritgan. 2012—2013-yillardagi mavsumdan boshlab, konferensiya finallari va Kelly kubogi finallarida ikki hakamli tizimdan foydalanila boshlandi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org