ECHKISOQOL
ECHKISOQOL — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda Echkisoqolning bir yillik Krasheninnikov, ko’p yillik Malik, ikki yillik Vvedenskiy, Ikki yillik Turkiston, ikki yillik kallakdor turlari o’sadi. Ko’p yillik Malik Echkisoqolining bo’yi 30-60 santimetr, poyasi ba’zan shoxlangan. Pastki barglari qalaminashtarsimon, eni 5-15 millimetr. Aprel— iyun oylarida gullab urug’laydi. Gullari qizil. Adir va tog’zonalarida o’sadi, begona o’t tarzida ekinzorlarda uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz