ECHEGARAYI-EYSAGIRRE XOSE (1832.19.4 — Madrid -1916.16.9) — ispan dramaturgi. Matematika va fizika professor (1854-68). Ispaniya Qirollik akademiyasi a’zosi (1884). Dastlab siyosiy faoliyat bilan shug’ullangan. 1868 yil ijtimoiy ishlar vaziri, bir yildan so’ng savdo vaziri bo’lgan. Ispaniya parlamentiga saylangan. Adabiy faoliyat bilan shug’ullana boshlagach yaratgan ilk pyesalari: “qilich dastasida” (1875), “O’lim quchog’ida” (1879) — romantizmning ispan dramaturgiyasidagi o’ziga xos qayta tiklanishidir. Echegarayi hozirgi hayotni tasvirlovchi realistik pyesalari (“telbalik va avliyolik”, 1877; “Buyuk Galeoto”, 1881) da o’sha davr aristokratiyasi axloqini fosh qiladi, naturalistik dramaning asosiy qoidalarini asoslab beradi. Uning “don Juanning o’g’li” (1892), “aqldan ozgan Xudo” (1900) kabi psixologik dramalarida norveg dramaturgi G. Ibsenning ta’siri sezilib turadi. Jami 60 ta pyesa yozgan, ularning yarmi nazmda bitilgan. Nobel mukofoti laureati (1904).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish