Ebonit




Ebonit (yun. yeepoa — qora daraxt), qattiq rezina — tabiiy yoki sun’iy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga nisbatan 30—50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bo‘lgan mahsulot. E.da bog‘langan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi (S6N95)2. E. qo‘ng‘ir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori temperaturada eriydi. 70— 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori t-rada erimay ko‘mirga aylanadi.

E. tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. To‘ldirgich sifatida E. kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli E.ga oz miqdorda (3—5%) qurum qo‘shiladi. E., asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qo‘llanadi.

Manba



O'zME
tabiiy yoki sun’iy kauchukni oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bo‘lgan mahsulot


TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz