Ebenezer Assifuah




Ebenezer Kofi Assifuah-Inkoom (talaffuzi: Ebenezer Kofi Assifua-Inkum) 1993-yil 3-iyulda Gananing Akkra shahrida tugʻilgan. Futbolchi „Po“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydigan futbolchi. Gana terma jamoasida o'ynagan. 

Jamoalardagi faoliyati



Ebenezer Assifuah o'z faoliyatini vatanida boshlagan va u yerda „Sekondi Wise Fighters“ va „Liberty Professionals“ klublarida muvaffaqiyatli o'ynagan. Yoshlar o‘rtasidagi Afrika kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng unga Italiyaning “Udinese” klubi qiziqib qoldi. 2013-yilning yozida, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng, Ebezener Shveytsariyaning „Sion“ jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 25-sentyabr kuni Shveysariya Superligasida „Lozanna“ga qarshi debyut qildi. 28-sentabr kuni „Bazel“ga qarshi bahsda Ebenezer Assifuah „Sion“ safida ilk golini urdi. 2015-yilda Ebezener klubga Shveysariya kubogini yutishda yordam berdi. 1-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Angliyaning „Liverpool“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi.

2017-yilning 18-yanvarida Ebenezer Fransiyaning „Gavr“ klubiga o‘tib, 3,5 yillik shartnoma imzoladi.

2020-yil 5-iyunda u „Po“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Gana yoshlar terma jamoasi tarkibida Ebenezer Assifuah Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo'ldi. Amerikaliklar, iroqliklar, chililiklar va fransuzlarga qarshi bahslarda Ebenezer oltita gol urdi va musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

2016-yilning 27-may kuni Ebenezer Assifuah Gana terma jamoasi safida Mozambikka qarshi 2017-yilgi Millatlar Kubogi saralash o‘yinida debyut qildi.

2017-yilda Ebenezer Assifuah Gabonda bo'lib o'tgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushirilmagan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz