Early Man
Early Man (tarjimasi „Dastlabki odam“) 2018-yili ekranlarga chiqarilgan hamda stop motion texnikasi yordamida ishlangan komedik janrdagi animatsion filmdir. Film rejissori Nick Park avval Wallace & Gromit franshizasiga ham rejissorlik qilgan. Ssenariy mualliflari Mark Burton va James Higginson. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Eddie Redmayne, Tom Hiddleston, Maisie Williams va Timothy Spall kirishadi. Film voqealari tosh davrida boʻlib oʻtib, yerlarini bronzadan foydalanadigan bosqinchilardan futbol matchida himoya qilishga majbur boʻlgan ibtidoiy qabila haqida hikoya qiladi. Film umumjahon premyerasi 2018-yil 20-yanvarda BFI Southbank kinoteatrida boʻldi.
Early Man filmi budjeti $50 million boʻlib, umumjahon boʻylab $54 million jamgʻardi.
Soundtrack
Mukofotlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org