E Meidie




E Meidie (1986-yil 30-aprelda tugʻilgan) — isteʼfodagi xitoylik sanda kikbokschisi. U 2015-yilgi Kunlun Fight Strawweight turniri chempioni, ikki karra Ushu boʻyicha jahon chempionati va bir karra Osiyo oʻyinlarining oltin medal sovrindori.

E Meidie Combat Press’ning 2016-yil noyabr oyidan boshlab, 2018-yilning mayigacha, kikboksingdan nafaqaga chiqib, murabbiylikka oʻtguniga qadar oʻtgan faoliyati davomida ayollar reytingida birinchi oʻntalikdan joy egallab kelgan.

Kikboksingdagi faoliyati



Ushudagi muvaffaqiyatli karerasidan soʻng, turli musobaqalarda sakkizta oltin medalni qoʻlga kiritgan E Meidie, 2015-yilda kikboksingga oʻtdi. Ushudagi nufuzi sababli E Medie oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan Kunlun Fight ning eʼtiborini tortdi.

E Meidie Kunlun Fight tomonidan tashkil etilgan toʻrtta vazn toifasidagi ayollar turnirda ishtirok etdi. Yarim final bahsida u Ji Von Liga qarshi bir ovozdan gʻalaba qozondi va finalda Jemima Betrianga qarshi chiqdi. Betrian oʻz raqibini qiyinchiliksiz magʻlub etdi.

E Medie oʻzining navbatdagi musobaqada WBO chempionlik kamariga daʼvogar Korina Karleskuga qarshi jang qildi va katta ustunlik bilan jangda gʻalaba qozondi.

E Medie 2015-yilgi kunlun Fight yengil vazn toifasidagi turnirda ishtirok etgan. U yarim finalda Isis Verbekga, finalda esa Anissa Meksenga qarshi jang olib bordi va yakunda gʻalaba qozondi.

2018-yil may oyida E Medie ushuda va kikboksdagi faoliyatiga toʻliq yakun yasaganligi vamurabbiylik faoliyatini boshlaganini eʼlon qildi.

Chempionatlar va yutuqlar



Ushu




Kikboksing




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz