Dzindzya




Dzindzya - sintoiylik ibodatxonasi. Sintoiylikda
ibodatxonalar ikkiga ajratiladi. Birinchisi, dzindzya -
sintoistlarni birgalikda ibodat qilish uchun yig‘iladigan
asosiy ibodatxona bo‘lsa, ikkinchisi, kamidana - uy
ibodatxonasi hisoblanadi.
Qadimda sintoiylikda muayyan shaklga ega bo‘lgan, maxsus
reja asosida qurilgan ibodatxona inshooti bo‘lmagan.
Bunday muqaddas joylarga Kanasana va Miva qadamjolari
kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, buddaviylik Yaponiyaga
ibodatxona arxitekturasi tushunchasini olib kelgan. Bu
muqaddas joylar to‘rt tomondan tosh va somonli loydan
qurilgan devor hamda darvoza bilan o‘ralgan hududdan ibodat.
Odatda, bunday hudud markazida ivasaka - tosh yoki ustun,
yohud ximorogi - daraxt bo‘ladi. Sintoiylik ta’limotiga
ko‘ra, kami - xudoning ruhi aynan mana shu tosh, ustun yoki daraxtga kirib oladi deb, ishoniladi.
Buddaviylik Yaponiyaga VI asrning o‘rtalarida Korea
orqali kirib kela boshlagan. Uz navbatida buddaviylik
Koreaga Xitoydan kirib kelgan. Har qanday din ma’lum
mintaqaga kirib borishi bilan ana shu mintaqaning tabiiy
iqlim sharoiti, aholisining urf-odatlari, an’ana va
marosimlari, xalqning temperamenti va mentaliteti kabi
milliy va etnik omillar ta’sirida juz’iy o‘zgarishlarga
duch keladi. Yaponiyada xalqning diniy tasavvurlari bilan
qorishib ketgan buddaviylik o‘zgacha shaklda namoyon bo‘lgan.
Ushbu din yapon jamiyatiga nafaqat yangi dunyoqarashni, balki,yangicha madaniyatni ham olib keldi. Budda ta’limotining Yaponiyaga kirib kelishi sintoiylik ibodatxonalarida ibodatga mo‘ljallangan maxsus xayden va xonden kabi inshootlarining qurilishiga sabab bo‘lgan.
Bugungi kundagi sintoiylik ibodatxonalarining barchasi
deyarli bir xil tuzilishga ega. Ulardagi asosiy inshootlar:
-komainu (ibodatxonani yovuz ruxdardan himoya qilib
turuvchi ikki itning haykali);
-tori (xudolar yo‘li);
-xonden (diniy atribut va muqaddas ashyolar
saqlanadigan xona);
-xayden (ziyoratchilar);
-sinsendzyo (ibodatxonada ovqat tayyorlash joyi);
-xa-raidzyo (duoibad qilish xonasi);
-kaguraden (raqsga mo‘ljallangan sahna) va boshqalar.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz