Dzen buddizm




Dzen buddizm - V-VI asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan
mahayana yo‘nalishidagi maktablaridan biridir. Uning
asoschisi afsonaviy rohib Boddxidxarma hisoblanadi.
“Dzen” (lotincha - mediatatsiya, fikrni jamlash, diqqat
bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari
sifatida nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qilishga alohida e’tibor berilishini, irratsionalizm va mistikaga
moyillikni qayd etish mumkin.
Dzen buddistlar “yoga” mashqlarini bajarish, jismoniy
mehnat qilish, san’at turi bilan shug‘ullanishga katta
ahamiyat beradilar. Har qanday aqida va e’tiqod shakllarini (hattoki, Buddani ham) inkor qilish, hech kimga taqlid qilmaslik va ruhiy erkinlikka erishish, “vaqt-abadiylik”, “subyekt-obyekt”, “hayot-o‘lim”, “haqiqat va yolg‘on”,“yaxshilik va yomonlik” kabi ziddiyatlarni bartaraf etishni kamolotga erishishning oliy yo‘li, deb hisoblaydilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’tibor beriladi va “satori” (sanskritcha - yilt etib ko‘rinish)ni targ‘ib qilinadi. Trans holatiga tushgan kishining haqiqatga erishishi dzenning oliy maqsadi, deb bilinadi.
“Dzen buddizm” barchani, irqi, millati, diniy e’tiqodidan
qat’i nazar, “hammaga mos jonli amaliy haqiqat” sirlaridan ogoh bo‘lishga chaqiradi. Hozirda dzen buddistlar 10
milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi.
Unda ilgari surilgan g‘oyalarning bevosita “dildan-dilga”
uzatilishi, insonning o‘z ruhiy mohiyati bilan yaqinligi,
belgi va shakllarga qaram bo‘lmaslik, ya’ni fikrning so‘z va belgilarsiz ifoda etilishi, insonning o‘z ichki dunyosiga murojaat qilishi orqali Budda kabi barkamollikka erishish mumkinligi haqidagi qarashlar ommaviy tus olgan.
Hozirda Yaponiyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va
madaniy markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi,faoliyatiga kattata’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san’ati xitoy va yapon madaniyati an’analaridan biriga aylangan.Samuraylar dzen buddizm targ‘ibotchilari hisoblanadi.Dzenga “hammaga mos jonli amaliy haqiqat” deb ta’rif berishgan, ya’ni inson ichki dunyosi orqali haqiqat va barkamollikka erishishi mumkinligi e’tirof etilgan
holda qat’iy tartib va maxsus ruhiy mashqlarga amal qilish
talab etiladi.
Bugungi kunda dzen buddizm G‘arbiy Yevropa mamlakatlari,
AQSH va Kanada yoshlari orasida keng tarqalganini qayd
etish lozim. Shu asnoda mediatatsiya qonun va talablarini
buzib talqin etish, mast qiluvchi ichimlik va narkotik
moddalardan foydalanish orqali “nirvana”ga erishish
mumkin, degan qarashlar ham keng yoyilib borayotganini
ta’kidlash zarur. Yoshlarning bunday qarashlar ta’siriga
berilishi ularning turmush tarziga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, nosog‘lom mayllarning kuchayishi, alkogolizm va
narkomaniyaning chuqur ildiz otishiga zamin yaratmoqda.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz