Dzavattini Chezare




DZAVATTINI (Zavattini) Chezare (1902.20.9, Ludzara — 1989) — italyan kinosanʼatida neorealizm asoschisi, yozuvchi, ssenariychi va kino nazariyotchisi. Ijodi 1928 y.dan boshlangan. "Hozircha mening haqimda gaplashaylik", "Men shaytonman", "Mehribon Toto" romanlari mashhur. "Men million beraman", "Shusha", "Velosiped oʻgʻrilari", "Umberto D.", "Tom", "Milandagi moʻʼjiza", "Italyancha nikoh", "Kungaboqarlar" kabi ssenariylari bilan shuhrat qozongan. Uning 40 dan or-tiq ssenariylari rej. De Sika tomonidan ekranlashtirilgan. Kuba milliy kinematografiyasining vujudga kelishida ham D.ning xizmati katta.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz